12:52 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
136 0 0

XVJ rahbari Kristin Lagard Yevropa markaziy banki raisi lavozimiga nomzodi ilgari surilgandan keyin 12 sentyabrda isteʼfoga chiqqan edi.

TOSHKENT, 26 sent - Sputnik. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) Ijroiya kengashi 5 yil muddatga Kristalina Georgiyevani XVJ boshqaruvchi direktori hamda Ijroiya kengashi raisi etib tayinladi. U oʻz faoliyatini 2019 yil 1 oktyabrdan boshlaydi.

Tayinlangan Kristalina Georgiyeva XVJ tashkil etilgan paytdan boshlab, tarixda birinchi marta rivojlanayotgan davlatlardan birining vakilidir.

Boshqaruvchi direktor XVJ ofisining rahbari va Ijroiya kengashining raisi hisoblanadi. Tashkilotni boshqarishda toʻrt nafar oʻrinbosar Boshqaruvchi direktorga yordam beradi. XVJ xodimlari soni 2700 nafar kishini tashkil qiladi.

Bolgariya fuqarosi boʻlmish Georgiyeva 2017 yil yanvar oyidan boshlab Jahon bankining Bosh ijrochi direktori lavozmida ishlagan. 2019 yilning 1 fevralidan 8 apreliga qadar u Jahon banki guruhining vaqtinchalik prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. 2010 yildan boshlab u Yevropa Komissiyasida xalqaro hamkorlik, gumanitar yordam va inqirozlarga qarshi kurashish masalalari boʻyicha komissar sifatida, undan keyin esa byudjet va kadrlar masalalari boʻyicha vitse-prezident lavozimlarida ishlagan.

Georgiyeva iqtisod fanlari doktori hamda siyosiy iqtisod va sotsiologiya magistirlik darajasini Bolgariya milliy va jahon iqtisodiyoti universitetida koʻlga kiritdi, hamda u yerda 1977-1991 yillar davomida dars berdi.

Asosiy mavzular