13:32 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
595 0 0

AQSH prezidenti Donald Trampning advokati Rudi Juliani Ukraina 2016 yilgi AQSH prezidenti saylovlariga aralashganini isbotlovchi dalillari borligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Trampning advokati Rudi Juliani Ukraina 2016 yilgi AQSH prezidenti saylovlariga aralashganini isbotlovchi dalillari borligini maʼlum qildi.

© Sputnik . Ruptly/ WH.GOV /AP Photo /Alex Brandon

“Vijdonlilar uchun saboq. Hech qachon mishlarga asoslanib birovni ayblamang. Ukrainani 2016 yilgi saylovlarga noqonuniy aralashganda gumon qilishganda men bu ishni qilmagan edim. Men buni bevosita isbotlovchi maʼlumot, videoyozuv va hujjatlarni oldim. Tomosha qiling va kuting!”, - deya yozgan Juliani oʻz tvitterida.

Juliani payshanba kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida AQSH razvedkasi ayblovlarini "safsata" deb hisoblashini maʼlum qilgan edi. AQSH razvedkasining aybloviga koʻra, u AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden va uning oilasini tergov qilish uchun Ukrainaga bosim oʻtkazish saʼy-harakatlariga jalb qilingan.

Avvvalroq AQSH Maxsus prokuror Robert Myuller Donald Tramp va uning xodimlari 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan til biriktirganini isbotlovchi dalillarni topa olmagan edi.

Asosiy mavzular