13:35 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
315 0 0

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Donald Tramp uning mamlakatiga nisbatan amalga oshirgan harakatlari uchun minglab impichmentga loyiqligini aytdi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuelga nisbatan harakatlari uchun minglab impichmentlarga loyiq, deya hisoblaydi Lotin Amerikasi mamlakati prezidenti Nikolas Maduro.

“Uni Ukraina prezidentiga nisbatan shantaj qilganlikda ayblashmoqda. Men aytamanki, nima sababdan uni bunda ayblashmoqda, agar u bu ishni har kun qilayotgan boʻlsa: dunyo prezident va bosh vazirlarini bizni shantaj qilish, iqtisodiy koʻmak, kreditdan mahrum qilish, bizga hujum qilishga chorlaydi.. Unga dunyoni Venesuelaga qarshi shantaj qilgani uchun minglab impichmentlar eʼlon qilish kerak”,  -deya Maduro soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Oq uy 25 sentyabr kuni AQSH va Ukraina yetakchilari oʻrtasida iyul oyida boʻlib oʻtgan suhbat stenogrammasini chop etdi. Avvalroq OAVlarda Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan boʻlgan suhbat davomida undan Xanter Bayden, AQSH sobiq vitse-prezidenti Jo Baydenning oʻgʻliga nisbatan surishtiruv ishlarini boshlashni talab qilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar paydo boʻldi. Jo Bayden 2020 yilda AQSH prezidentligiga oʻz nomzodini qoʻymoqchi va Trampning asosiy raqibi boʻlishi mumkin.

Eʼlon qilingan stenogramma Tramp Zelenskiydan “Burisma Group” faoliyatini tekshirgan Ukraina sobiq bosh prokurori Viktor Shokining ishdan boʻshatilish holatlarini surishtirish iltimos qilganini tasdiqladi. “Burisma Group” direktorlar tarkibida Baydenninng ham oʻgʻli boʻlgan. Bundan tashqari, Tramp Xanter Baydenning ishini surishtirishni iltimos qilgani maʼlum boʻlgan. Zelenskiy, oʻz navbatida, AQSH prezidentidan U Trampdan “Bayden ishi” yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etishni soʻragan.

AQSH kongressi vakillar palatasi spikeri demokrat Nensi Pelosi kongress ushbu suhbatni asos qilib, prezident Donald Trampga qarshi impichment jarayonini boshlayotganini maʼlum qilgan edi. Nensi Pelosining soʻzlariga qaraganda, Trampning harakatlari "u prezident lavozimi, milliy xavfsizlik va saylovlar yaxlitligiga xoinlik qilganligiga" ishora qilmoqda. Trampning oʻzi bu ayblovni rad qilmoqda.

Asosiy mavzular