18:15 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
71420

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasida nutq soʻzladi. U oʻz nutqida, xususan, Gʻarb xalqaro huquq meʼyorlarini qayta koʻrib chiqishga intilayotganini taʼkidladi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova feysbukdagi sahifasiga BMT bosh qarorgohida Rossiya TIV Sergey  Lavrov bilan suhbatlashish ishtiyoqida navbat kutib turgan kishilar aks etgan suratni joyladi.

“Bosh assambleyada nutq soʻzlaganidan keyin Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qilishni istagan xalqaro delegatsiyalar vakillarining BMT bosh qarorgohida navbati. "Rossiya izolyatsiyasini” kuzatishni juda yaxshi koʻraman”, - deya yozgan Zaxarova.

Keyinchalik vazir bergan matbuot anjumanida ham boʻsh joy topilmagan.

Lavrov: YEI Markaziy Osiyodagi hamkorlarni Rossiyadan ixlosini qaytarmoqchi

AQShda BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasi 21-29 sentyabr kunlari boʻlib oʻtmoqda.

Asosiy mavzular