13:38 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
61710

Salome Zurabishvili Gruziya va Rossiya tashqi ishlar vazirlarining BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasi doirasidagi uchrashuvini ijobiy baholadi.

TOSHKENT, 28 sen – Sputnik. Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili mamlakat Rossiya bilan muloqotni yoʻlga qoʻyishi lozimligini maʼlum qildi.

2008 yildagi urushdan soʻng ilk bor Rossiya va Gruziya TIV rahbarlari David Zalkaliani i Sergey Lavrov Nyu-Yorkda muzokaralar oʻtkazdi. Uchrashuv Shveytsariya vositachiligida vazirlarining BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasi doirasida boʻlib oʻtdi

“Ikkita yoʻl bor: birinchisi – biz voz kechgan urush yoʻli, ikkinchisi esa – muloqot va diplomatiya yoʻli”, - deya Salome Zurabishvili soʻzlaridan keltiradi Sputnik Gruziya.

Shu bilan birga u uchrashuv barcha hamkorlar tomonidan yuqori baholanganini taʼkidlagan. Gruziya yetakchisi Gruziyada rossiyaliklarga nisbatan salbiy munosabat yoʻqligini qayd etgan.

“Gruziyada rusofobiya yoʻq, u hech qachon boʻlmagan”, - degan Zurabishvili.

Gruziya Rossiya bilan aloqalarni Moskva 2008 yilda Abxaziya va Tsxinval mintaqasi (Janubiy Osetiya) mustaqilligini tan olgandan soʻng uzib qoʻygan edi. Gruziya hukumati Abxaziya va Tsxinval mintaqasi 1990 yillarning boshidan buyon nazorat qilmaydi. Shveytsariya Gruziya va Rossiya oʻrtasidagi vositachi hisoblanadi.

Asosiy mavzular