12:35 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
754 0 0

Dogʻistonda 16ta juftlik va 10 ming mehmon ishtirokida boʻlib oʻtgan toʻy – Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.

TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Kecha 29 sentyabr kuni Dogʻiston poytaxti Derbent shahrida boʻlib oʻtgan “Katta Dogʻiston toʻyi”  - Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi, bu haqida mahalliy nashr xabar qilmoqda.

“Bir kunda va bir joyda Dogʻistonda yashayotgan barcha asosiy millat vakillaridan iborat 16ta juftlik ishtirokida toʻy boʻlib oʻtdi. Marosimga 10 mingdan ortiq mehmonlar kelishdi. Juftliklar orasida turmush qurganiga 60 yil boʻlgan oila ham bor”, - deyilgan xabarda.

Ushbu marosim Ginnesning rekordlar kitobida “Eng koʻp millatli toʻy” hamda “Eng koʻp mehmon kelgan toʻy” nominatsiyalari boʻyicha yutuqni qoʻlga kiritgan.

Bolshaya Dagestanskaya svadba

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu katta toʻy tadbiri shahar meri Xizr Abakarov tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

Bolshaya Dagestanskaya svadba

Asosiy mavzular