"Sharq shamoli": Xitoy eng yangi mintaqalararo ballistik raketani ko‘z-ko‘z qildi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishParad v Pekine po sluchayu 70-letiya okonchaniya Vtoroy mirovoy voyni
Parad v Pekine po sluchayu 70-letiya okonchaniya Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Assoshieyted Press agentligi xabariga ko‘ra, yangi ballistik raketa AQSh va uning ittifoqdoshlari keng yo‘lga qo‘ygan raketalarga qarshi qalqonlarni teshib o‘tishga qodir.

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 70-yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda Pekin tomonidan eng yangi DF-41 ("Dunfen-41", "Sharq shamoli" deb nomlangan) mintaqalararo ballistik raketa namoyish etildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Vertoleti nanosat udar s vozduxa po pozitsiyam boyevikov v ramkax ucheniy Sentr-2019. - Sputnik O‘zbekiston
"Markaz-2019" mashg‘ulotlarining pinhona ma’nosi va real yakunlari: G‘arb nega bezovtalandi

Xitoy seshanba kuni o‘z tarixidagi eng yirik harbiy paradni o‘tkazmoqda, unda Xitoy xalq-ozodlik armiyasining 15 ming nafar harbiy xizmatchilari, 580 ta texnika, 160 samolyot va vertolotlar ishtirok etmoqda. Paradni XXR raisi Si Szinpin qabul qildi.

Raketaning keng ommaga namoyishi 2009-yildagi paradda kutilgan, biroq bu ro‘y bermagan edi.

Qattiq yoqilg‘i bilan ishlaydigan uch pog‘onali DF-41ni ishlab chiqarish Xitoyda 1980-yillarda boshlab yuborilgan, raketani sinovdan o‘tkazish 2012-yilda amalga oshirilgan.

Turli manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, DF-41 12 mingdan 14 ming kilometrgacha bo‘lgan masofaga ucha oladi. U oltitadan o‘ntagacha manevrni amalga oshiruvchi alohida bosh qismlarni tashiy oladi va aynan shu jihat uni tutib olishni qiyinlashtiradi.

© Sputnik / Anna Ratkoglo / Mediabankka o‘tishRepetitsiya parada v chest 70-letiya obrazovaniya KNR
Sharq shamoli: Xitoy eng yangi mintaqalararo ballistik raketani ko‘z-ko‘z qildi - Sputnik O‘zbekiston
Repetitsiya parada v chest 70-letiya obrazovaniya KNR

Raketa uzunligi 21 metr bo‘lib, korpus aylanasi - 2,2 – 2,5 metrni tashkil etadi. Raketani yer ustidagi hamda temir yo‘ldagi harakatlanuvchi platforma, shaxtadagi ishga tushirish moslamalari orqali uchirish mumkin.

Turli manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, nishonga olish aniqligi 100dan 500 metrgachani tashkil etadi.

Assoshieyted Press agentligi xabar berishicha, yangi ballistik raketa AQSh va uning ittifoqdoshlari tomonidan keng yo‘lga qo‘yilgan raketalarga qarshi qalqonlarni teshib o‘tishga qodir.

Donald Trump - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: Xitoy o‘z harbiy qudrati bilan butun dunyoga xavf tug‘dirmoqda

2017 yilda Xitoy DF-41ni RF bilan chegaradosh bo‘lgan Xeylunszan shimoli-sharqiy provinsiyasida joylashtirgani haqida ma’lum bo‘lgach, Rossiya OAVlarida Pekinning asl maqsadlari haqida turli qarama-qarshi fikrlar paydo bo‘lgan edi. Harbiy ekspertlar bu holatga izoh berar ekan, mintaqalararo ballistik raketaning harbiy xususiyatlari va uning ayniqsa startda tutib qolish uchun o‘ta zaifligini hisobga olganda, Xitoyning Rossiya territoriyasida raketalarni joylashtirishi, tahdiddan emas, aksincha, davlatlararo o‘rnatilgan yuqori darajadagi ishonchdan dalolat ekanligini aytishgan.

RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, OAVlarda tarqalgan xabarlarga izoh berar ekan, Moskva Xitoyning qurolli kuchlari rivojini tahdid sifatida qabul qilmasligi haqida bayonot bergan edi.

DF-41 joylashuvi to‘g‘risida OAVlarda tarqalgan xabarlar o‘sha vaqtda Oval kabinetni endigina egallagan Amerika prezidenti Donald Trampga nisbatan ogohlantirish belgisi ekanligi ta’kidlangandi.

Yangiliklar lentasi
0