08:59 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Generalnыy direktor Amazon Djeff Bezos

Forbes AQShda eng boy kishining ismini eʼlon qildi

© AP Photo / Ted S. Warren
Dunyoda
Havola olish
836 0 0

Amerikada eng boy biznesmenlar reytingi eʼlon qilinishidan bir kun avval Forbes jurnali unda birinchilik kimga tegishli ekanligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 1 okt - Sputnik. Forbes jurnali tahlillariga koʻra, Amazon asoschisi Djeff Bezos ketma-ket ikkinchi yil AQShning eng boy 400 taligi qatoridan joy egallagan. Bunga uning turmush oʻrtogʻi Makkenzi bilan ajrimi ham gʻov boʻlganicha yoʻq.

AQShning 400 ta eng boy biznesmenlari reytingi Forbes tomonidan shakllantirildi, u ertaga - 2 oktyabr kuni toʻlaligicha eʼlon qilinadi. Unda birinchi oʻrinni, ilgarigidek, Amazon asoschisi Djeff Bezos saqlab qolganligi maʼlum boʻldi. Hozirda Bezosning mol-dunyosi qariyb 114 milliard AQSH dollarni tashkil etadi.

Reytingni tuzishda, ishbilarmonlarning umumiy moliyaviy holati hamda “oʻzini oʻzi shakllantirganlik” (self-made) omili hisobga olinadi. Bunda jurnal tahririyati, reyting ishtirokchisining mablagʻini qancha qismini meros sifatida olgani, uning ota-onasi qanchalik badavlat boʻlgani, “daʼvogar”ning hayoti davomida qanday qiyinchiliklarga duch kelgani kabilarni asos qilib oladi. Oʻtgan yildan, Forbes, shu jumladan, “insonparvarlik darajasi”ni ham oʻlchovlari qatoriga kiritdi. Yaʼni bunda, biznesmenning xayr-ehsonga ajratgan mablagʻlari hajmi oʻrganiladi. Shu oʻrinda, Amazon 19 sentyabr kuni kompaniya iqlim oʻzgarishlari bilan kurashishda yangicha yondashuvini eʼlon qilgandi. Kompaniya 2040 yilga qadar atmosferaga uglerod chiqarilishini qisqartirib, “uglerodlarga neytral” (carbon-neutral) korxonaga aylanishni reja qilmoqda.

Bezos AQShdagi ajrimlar tarixida eng qimmat ajrimni boshidan kechirgan boʻlsa-da, u reytingda birinchilikni hanuzgacha yoʻqotgani yoʻq. Uning sobiq turmush oʻrtogʻi Makkenzi Amazonning 19,7 mln. aktsiyasini (taxminan 4%) qoʻlga kiritdi. Biznesmenning oʻzida 12% qimmatli qogʻoz qolgan. Iyul hisob-kitoblariga qaraganda (rasmiy ajrim sodir boʻlgan payt), Amazonning 4% aktsiyasi $ 38,3 mlrd.ga teng edi.

2019 yil martida Forbes eʼlon qilgan “Dunyoning eng boy biznesmenlari” reytingida ham Bezos birinchi oʻrinni egallagan edi. Uning boyligi 131 mlrd. AQSH dollariga baholangandi.

Asosiy mavzular