TOSHKENT, 1 okt – Sputnik. Bugun Yerevanda boʻlib oʻtayotgan YevroOsiyo Iqtisodiy Ittifoqi davlat rahbarlari sammitida uyushma aʼzolari yagona moliya bozori kontseptsiyasini tasdiqlashdi, RIA Novosti xabariga asosan.
“Kapitalning erkin harakatlanishi uchun asos yaratildi. Uni amalga oshirish uchun iqtisodni raqamlashtirish kerak. Oʻshanda moliya xizmatlari ham rivojlanadi ham hammabop boʻladi”, - deb izoh berdi ushbu kelishuvga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.
YEOII moliya tizimlarini yagona tizimga keltirish haqidagi dastlabki shartnoma 2016 yilda paydo boʻlgan edi. Oʻshanda YEOII aʼzolari bank va sugʻurta sohasida 2025 yilga qadar yagona moliya bozori tashkil qilishga kelishib olishgan edi. Ushbu jarayon YEOII doirasida global integratsiyaning bir qismiga aylanishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, YEOII ittifoqi 2015 yilning 1 yanvaridan ishga tushgan. Dastlab unga faqat Rossiya, Belarus va Qozogʻiston aʼzo edi, keyinchalik esa Armaniston va Qirgʻiziston ham qoʻshildi.