Berdimuhamedov Ichki ishlar vazirini general unvonidan mahrum etib, ishdan bo‘shatdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident Turkmenii Gurbanguli Berdimuxamedov
Prezident Turkmenii Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston prezidenti IIV rahbarini ishdan bo‘shatdi va uni davlat mukofotlaridan mahrum etib, unvonini pasaytirdi.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 1-oktabr kuni Ichki ishlar vaziri, politsiya general-leytenanti Isgander Mulikovni ishdan bo‘shatdi.

Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Gurbanguli Berdimuxamedovim - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentiga tabrik yo‘lladi

Bundan tashqari, Mulikov barcha davlat unvonlari mahrum etilib, unvoni mayorgacha pasaytirildi. Bu haqda RIA Novosti Turkmaniston televideniyasiga asosan xabar qildi.

Davlat rahbari tegishli farmonni hukumat va Davlat xavfsizlik kengashining qo‘shma majlisida imzoladi.

Berdimuhamedov ish faoliyatidagi jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi, mansab mavqeyini suiste’mol qilib, vakolatlaridan chetga chiqqanligi uchun Mulikovni IIV rahbarlik lavozimidan ozod etilishi, unvoni pasaytirib, barcha mukofotlardan mahrum etishini ta’kidladi.

Prezident Mulikovga 12-marta qattiq xayfsan e’lon qilishiga qaramasdan, u o‘ziga kerakli xulosa chiqarmagan.

Aurus Senat - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston prezidenti Aurus limuzinini sotib oladi

Yangi ichki ishlar vaziri lavozimiga Mammetxan Chakiyev tayinlandi. U bosh vazirning sanoat, transport va kommunikatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazildi. Chakiyev huquqni muhofaza qilish organlarida ish tajribasiga ega. 2017-yil fevral oyida Chakiyev Davlat bojxona xizmatiga rahbarlik qilgan, iyun oyida esa Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmati direktori lavozimiga tayinlangandi va u yerda 2018-yil apreligacha ishladi.

Turkmaniston parlamenti prezidentning Mulikovni ishdan bo‘shatish va Chakiyevni tayinlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Yangiliklar lentasi
0