Tayvanda ulkan ko‘prik quladi - video

© REUTERS / COAST PATROL CORPS 1 NORTHERN BRObval arochnogo mosta v tayvanskom uyezde Ilan
Obval arochnogo mosta v tayvanskom uyezde Ilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tayvandagi Ilan uyezdida ko‘prik qulab tushdi. Uning ostida kemalar bo‘lgan. Hodisa oqibatida o‘n kishi jarohat oldi.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Tayvandagi Ilan uyezdida ko‘prik qulab tushdi.  Bu haqda Singapur Channel NewsAsia video lavhani e’lon qildi.

Ko‘rik qulashi seshanba kuni sodir bo‘ldi.

Tayvan markaziy axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa vaqtida ko‘prikdan benzin tashuvchi yuk mashinasi harakatlanayotgan bo‘lgan.

Shuningdek, ko‘prik ostida baliqchilik qayiqlar bo‘lgan, ko‘plab odamlar suvga tushib ketdi.

Yong‘in xizmati xabar qilishicha, kamida o‘n kishi, shu jumladan yuk mashinasi haydovchisi kasalxonaga yotqizilgan. Shular qatori patrul xizmatining ikki xodimi yengil jarohat olgan.

Yangiliklar lentasi
0