09:09 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
104120

Xitoyning Guychjou viloyatida istiqomat qiluvchi erkak pul koʻrinishida sovgʻalarni olish maqsadida soxta toʻy uyushtirdi.

TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Xitoyning Guychjou viloyatida istiqomat qiluvchi erkak pul koʻrinishidagi sovgʻalar olish uchun soxta toʻy oʻtkazdi. Bu haqda RIA Novosti AsiaOne nashriga asosan xabar qildi.

Erkak qarindosh va doʻstlari oldida kelin rolini tasvirlashi uchun "doʻstlarni ijara"ga ixtisoslashgan agentlikdan Siao Li ismli qizni yollagan. Kelishuvga koʻra Siao 22-28 avgust kunlari yigit bilan birga boʻlishi kerak boʻlgan. “Kuyov” bilan oʻtkaziladigan har bir kun narxi 521 yuan (72 dollar) tashkil qiladi.

Toʻy marosimi 25 avgust kuni oʻtkazildi. Erkak qizga yoʻl, yashash va ovqatlanish harakatlarini toʻlash kerak boʻlgan.

Mehmonlar “yosh kelin kuyov”larga 60 ming yuan (8400 dollar) sovgʻa qilishdi. Oldindan kelishuvga koʻra, yigit pullarni oʻziga olgan.

Toʻydan keyin “juflik” bir necha kun davomida viloyat boʻylab sayyohat qilishdi. Biroq “ijara” muddati tugishi bilanoq, yigit pul toʻlamay gʻoyib boʻldi. Yigit darhol ijtimoyi tarmoqlarda qizni bloklab, uning qoʻngʻiroqlarga javob bermaydi.

Siao Li avdokatlarga murojaat qildi. Ular yozma shartnoma tuzmaganligi sababli qiz oʻzini noqulay holatga qoʻyganini aytishdi.

Asosiy mavzular