07:21 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
270 0 0

Rossiya aholisi orasida 2030 yilga qadar musulmonlar soni salkam 50 %ga oshib 30 million kishiga yetishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 2 okt - Sputnik. Shu kunlarda Sochida oʻtkazilayotgan “Valday” Xalqaro mulohazalar klubining XVI yillik kengashi doirasida "Rossiya va islom dunyosi: tomonlar ahamiyati va oʻzaro taʼsiri" mavzuida maxsus sessiya boʻlib oʻtdi.

Islom – Rossiya tarixi va madaniyatida chuqur ildiz otgan anʼanaviy dinlardan biri. Rossiya oʻz tarixi va madaniyatining islomiy tarkibini qadrlaydi va Islom hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi maqomiga ega boʻlgan davlatdir.  

Klub yigʻilishining ikkinchi kunida zamonaviy Rossiya uchun ayniqsa aktual boʻlgan diniy ekstremizm va uning siyosatga taʼsiri muammosi muhokama qilindi. Bunda radikalizm bilan kurashda islom siyosiy-huquqiy tafakkuri markazlarini jalb qilish zaruriyati taʼkidlab oʻtildi.

Tadbirda eʼlon qilingan ayrim statistik koʻrsatkichlarga oʻquvchilarimizning diqqatini qaratmoqchimiz.

Dindorlar soni boʻyicha islom dini Rossiyada xristianlikdan keyingi oʻrinda boʻlib, mazkur din namoyandalari mamlakatning deyarli barcha regionlarida istiqomat qiladi va ular 40 turdagi etnoslarga mansubdirlar.

Rossiyalik musulmonlarning aksariyatini - 90% - sunniylar, qolgan 10% ini shia mazhabi namoyandalari tashkil etadi.

Rossiya Federatsiyasi hududlarida ularning joylashuvi tahlil qilinganda, xususan, Shimoliy Kavkaz, Volga boʻyi, Ural va Janubiy Sibir hududlaridagi ixcham joylashuv qayd etiladi.

Eng koʻp musulmonlar yashaydigan Rossiya hududlari qatorida Tatariston, Boshqirdiston, Checheniston, Dogʻiston, Ingushetiya, Shimoliy Osetiya, Qabardin-Bolqor, Qorachoy-Cherkes, Adigey respublikalari oʻrin topgan.

Oʻtkazilgan tahlillarga koʻra, Rossiyada musulmonlar soni soʻnggi 80 yillik davrda quyidagi koʻrsatkichlarga tenglashdi: 1937 yil - 5,9%, 1989 yil – 7,9%, 1994 yil – 8% va joriy 2019 yil bu koʻrsatkich 12%ga teng boʻldi.

Prognozlarga koʻra, musulmonlar sonining oʻsish koʻrsatkichlari 2019 yil 15-20 millionga, 2030 yil esa 30 million kishiga yetishi kutilmoqda.

Mamlakat boʻylab mavjud masjidlar soni 1991 yilga nisbatan deyarli 10 baravarga oʻsganligini kuzatish mumkin. Jumladan, 1991 yil ularning soni 870 ta boʻlgan boʻlsa, 2015 yil bu son 8000 taga yetdi.

Rossiyada asta-sekinlik bilan oʻrta va oliy islom taʼlimi shakllanmoqda. Hozirda RFda 80 dan ziyod musulmon diniy oʻquv yurtlari faoliyat yuritmoqda.

“Valday” Xalqaro mulohazalar klubi 2004 yilda tashkil topgan boʻlib, avvaldan faoliyati butun dunyoga Rossiya toʻgʻrisida maʼlumot berishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, hozirda butunjahon siyosiy va iqtisodiy muammolariga baho berish hamda yetakchi xorijiy ekspertlar ishtirokida jahon tizimi inqirozini oldini olish borasida qarorlarni qabul qilishdan iborat.

Asosiy mavzular