07:52 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
580 0 0

OAV xabariga koʻra, Qirollik mudofaa vazirligi xotin-qizlarni harbiy xizmatga qabul qilishni boshlab yuborgan.

TOSHKENT, 3 okt — Sputnik. Saudiya Arabistonida ilk marotaba xotin-qizlarga  mamlakat qurolli kuchlari safida xizmat qilishga ruxsat berildi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy nashrga tayangan holda xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, ayollar qurolli kuchlarning turli sohalarida, jumladan, havo kuchlari, dengiz floti, havo mudofaasi kuchlari, strategik raketalar va tibbiy xizmatida ham oddiy askar, ham ofitser unvoniga daʼvogarlik qilishlari mumkin.  

Shtab generali Hasan ash-Xashrining aytishiga koʻra, xotin-qizlarni harbiy xizmatga chaqirish toʻgʻri yoʻnalish sari qadam sanaladi. Shu bilan birga, u Saudiya Arabistoni armiyasida ayollar uchun ish toʻlib yotganini taʼkidlagan.

Saudiya Arabistoni ayollarining harbiy xizmatga jalb qilinishi konservativ davlatdagi ayollar rolini oʻzgartirish boʻyicha qirollikning yangi qadami hisoblanadi. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon boshchiligida ishlab chiqilgan dasturga binoan ayollar qirollikdagi islohotlarda ishtirok etuvchi harakatlanuvchi kuchga aylanishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Saudiya Arabistonida ayollarga yolgʻiz sayohat qilish huquqi berilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular