08:33 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
357 0 0

AQShlik Kevin Xovard xotini xiyonat qilganligini bilib qoladi, Shimoliy Karolina sudiga murojaat qiladi. Ushbu ishi boʻyicha sud qarori qabul qilindi. Xovard rafiqasining jazmani 750 ming dollar toʻlashi kerak.

TOSHKENT, 4 okt – Sputnik. AQShlik Kevin Xovard xotini unga xiyonat qilganligini bilib qoladi va Shimoliy Karolina sudiga murojaat qiladi.

Mazkur ish boʻyicha sud qaror chiqardi: Xavard rafiqasining jazmani 750 ming dollar toʻlashi kerak. Bu haqda RIA Novosti mahalliy WITN nashriga asosan xabar qildi.

Xovard "nikoh munosabatlariga maqsadli aralashish" holatlari nazarda tutuvchi qonundan foylanib, odamni sudga berdi.

Bu qonun koʻplab shtatlarda bekor qilingan. Biroq Missisipi, Nyu-Meksiko, Janubiy Dakota, Yuta va Shimoliy Karolina, shuningdek Gavay orollarida bu qonun amalda qoʻllanishi davom etmoqda.

Er-xotin 12 yil turmush qurgan. Biroq bir kun ayol eridan ajrashishni soʻraydi. Juflik oilaviy psixologga borishdi, biroq bu yordam bermadi. Erkak detektivni yollashga qaror qiladi. Detektiv ayol hamkasbi bilan xiyonat qilganini aniqlaydi.

Xovard sudga murojaat qildi va yutib chiqdi. Endi xotining jazmani 750 ming dollar toʻlashi kerak.

Erning soʻzlariga koʻra, gap pulda boʻlmagan. “Men nikohning muqaddasligiga ishonaman”, - deydi u.

Er xotini bilan ajrashdi va hozir yuz bergan holatdan soʻng tiklanmoqda.

Asosiy mavzular