08:26 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
704 0 0

Rossiya rahbarining maʼlum qilishicha, 90-yillarda Rossiya tarixidagi eng ogʻir davrni boshdan kechirgan. Rossiya ichki siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy inqirozlar bilan bir qatorda xalqaro terrorizm tomonidan hujumga uchragan.

TOSHKENT, 4 okt – Sputnik. Rossiya 90-larda rus xalqi va Rossiyadagi boshqa xalqlarning vatanparvarligi, jasurligi, sabr-toqatliligi va mehnatsevarligi tufayli fuqarolar urushidan qutulib qolgan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochi shahridagi “Valday” xalqaro diskussion klubining navbatdagi yigʻilishida maʼlum qildi.

“Rossiya har qanday xalq, har qanday millat va mamlakat uchun eng yomon narsa – davlatning parchalanishi va yoʻqolib ketishi yoqasiga kelib qolgandi. Bu tahdid qil ustida turgandi va buni koʻpchilik his qila boshlagandi. Biz oʻshanda yirik miqyosdagi fuqarolar urushi botqogʻiga botib qolishimiz, davlat birligi va suverenitetini yoʻqotishimiz hamda jahon siyosatidan tashqarida qolishimiz mumkin edi. Faqat rus xalqi va Rossiyadagi boshqa xalqlarning vatanparvarligi, jasurligi, sabr-toqatliligi va mehnatsevarligi tufayligina mamlakatimiz bu xavfli chegaradan uzoqlashdi”, - dedi Putin. Uning soʻzlaridan RIA Novosti keltirmoqda.

Rossiya rahbarining maʼlum qilishicha, 90-yillarda Rossiya tarixidagi eng ogʻir davrni boshdan kechirgan. Rossiya ichki siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy inqirozlar bilan bir qatorda xalqaro terrorizm tomonidan hujumga uchragan.

Asosiy mavzular