08:41 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Erdoʻgʻon yaqin kunlarda Suriyada amaliyot boshlanishini istisno qilmadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
Dunyoda
Havola olish
255 0 0

Amaliyotning maqsadi Suriya kurdlarining mudofaa kuchlaridan Turkiya bilan chegaradosh Suriya hududini tozalash hamda u yerda xavfsiz zona yaratish boʻladi.

TOSHKENT, 5 okt - Sputnik. Turkiya harbiylari Suriya shimolida amaliyot boshlashga tayyor. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon maʼlum qildi.

“Biz tayyorgarlik koʻrdik, harakat rejalarini bajardik, zaruriy koʻrsatmalar berdik. Balki bugun yoki ertaga biz bunday qarorni qabul qilamiz. Bu amaliyotni ham yerdan, ham havodan olib boramiz”, - deya Erdoʻgʻon soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Taʼkidlanishicha, amaliyotning maqsadi Suriya kurdlarining mudofaa kuchlaridan Turkiya bilan chegaradosh Suriya hududini tozalash hamda u yerda xavfsiz zona yaratish boʻladi.

Asosiy mavzular