08:13 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Supruga bыvshego prezidenta Almazbeka Atambayeva Raisa  Atambayeva

Atambayevning rafiqasi marshrutkada yurishi qizgʻin muhokama qilinmoqda - foto

Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Dunyoda
Havola olish
656 0 0

Qirgʻiziston sobiq prezidentining rafiqasi Raisa Atambayeva Qirgʻiziston davlat tibbiyot akademiyasida ishlashni davom etmoqda.

TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq prezidentning rafiqasi Raisa Atambayeva jamoat transportida yurishi tasvirga olingan suratlar paydo boʻldi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.

Xabarda yozilishicha, suratlarda Atambayeva jamoat transporti bekatida turgani va marshrutkada oʻtirgani aks etgan.

Qirgʻizistonliklar ushbu surat ostida koʻplab izohlar yozishmoqda.

Aksariyat foydalannuvchilar bu “xalq bilan yaqinlik” sobiq prezidentning mol-mulki hibsga olinish bilan bogʻliq degan taxmin qilishdi.

Bu suratlar yuzasidan Almazbek Atambayevning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva izoh berdi. Uning soʻzlariga koʻra, Atambayeva ehtimol ishga ketayotganda tasvirga olingan. Chunki u Qirgʻiziston davlat tibbiyot akademiyasida dars berishni davom etmoqda. Maslahatchi Atambayevaning jamoat transportida yurishi mol-mulk hibsga olishini bilan bogʻliq emasligini taʼkidladi.

Asosiy mavzular