Rossiya va NATOdagi tanklar soni taqqoslandi

© Sputnik / Grigory Sysoev / Mediabankka o‘tishTank T-90A na V Mejdunarodnom voyenno-texnicheskom forume "Armiya-2019"
Tank T-90A na  V Mejdunarodnom voyenno-texnicheskom forume Armiya-2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va NATOdagi tanklar soni amerikalik OAVlari taqqosladi. Rossiya dunyoda eng katta zirhli jangovar mashinalar parkiga ega bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Rossiya dunyoda eng katta zirhli jangovar mashinalar parkiga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ularning soni NATOga a’zo bo‘lgan davlatlarga qaraganda ko‘pdir.

Tank T-90 vo vremya ucheniy motostrelkovix, tankovix i artilleriyskix podrazdeleniy 20 otdelnoy motostrelkovoy brigadi 8 obshevoyskovoy armii na poligone Prudboy v Volgogradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya armiyasi yangi T-90M tanklarini qabul qildi

Bu haqda RIA Novosti Amerikaning We Are The Mighty nashriga asosan xabar qildi.

Nashrda yozilishicha, Rossiyada taxminan 22 ming dona tank mavjud. NATOga kiruvchi Yevropa davlatlarida bu ko‘rsatkich 11 mingni tashkil qiladi. AQSh va Kanada tanklari bilan qo‘shganda ularning soni 18 mingni tashkil qiladi. NATO davlatlari orasida jangovar mashinalar eng ko‘pi (3,2 ming) Turkiyada mavjud.

Ilgariroq AQSh qo‘shma qo‘mita shtab boshlig‘i, general Jozef Danford so‘nggi yillarda NATO Rossiya ustidan harbiy ustunlikni yo‘qotayotganligini ta’kidlagandi.

Rossiyalik harbiy ekspert Igor Korotchenko amerikalik general so‘zlariga izoh berarkan, bunday tan olish - harbiy sohaga pul samarali sarflanganligini isbotlaydi.

Yangiliklar lentasi
0