09:02 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Zasedaniye Generalnoy Assamblei OON

Tramp Turkiya iqtisodiyotini yoʻq qilish bilan tahdid qildi

Press-slujba prezidenta Ukrainы
Dunyoda
Havola olish
27610

Turkiya yetakchisi Suriyaning shimoliy-sharqiy qismida mustaqil harbiy operatsiya oʻtkazishga tayyorligini aytdi. AQSH prezidenti Donald Tramp “Turkiya iqtisodiyotini vayron qilish” bilan tahdid qildi.

TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp agarda Anqara uning fikriga koʻra, haddidan oshadigan boʻlsa “Turkiya iqtisodiyotini vayron qilish” bilan tahdid qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Avval ham qatʼiy taʼkidlaganimdek, hozir ham qaytaraman, agarda Turkiya mening buyuk tengsiz donoligimga muvofiq chegarani kesib oʻtadigan boʻlsa, men Turkiya iqtisodiyotini avval qilganimdek butunlay yoʻqotib vayron qilaman", - deb yozdi AQSH yetakchisi Twitter-akkauntida.

Turkiya yetakchisi Anqara Suriyaning shimoliy-sharqiy qismida mustaqil harbiy operatsiya oʻtkazishga tayyorligini aytgandan soʻng Tramp oʻz bayonotini berdi. Dastlab u yerda Turkiya va AQSH xavfsizlik hududini tuzishga kelishishgandi.

Erdoʻgʻon fikriga koʻra, Amerika hukumati oʻz vaʼdalarini bajarishmadi.

Turkiya rahbari 1 oktyabr kuni mustaqil maxsus operatsiya oʻtkazishini eʼlon qildi.

Besh kundan keyin u AQSH prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi, shundan soʻng Oq uy Suriya shimolidagi Turkiya rasmiylarining harakatlarini qoʻllab-quvvatlamasligini maʼlum qildi.

Hududda kurdlar joylashgan, ular amerikaliklarni ittifoqchi, turklarni - terrorchi deb hisoblaydi.

Asosiy mavzular