08:13 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53

Rossiya va Turkiya milliy valyutada hisob-kitob qilishga kelishdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Dunyoda
Havola olish
36820

Rossiya va Turkiya moliya idoralari milliy valyutalarda hisob-kitob va toʻlovlarni amalga oshirish toʻgʻrisida bitimni imzoladi.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Rossiya Moliya vazirligi va Turkiya gʻaznachilik va moliya vazirligi hisob-kitob va toʻlovlarni milliy valyutada amalga oshirish toʻgʻrisida bitimni imzoladi.

Bu haqda RIA Novosti Moliya vazirligiga asosan xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, hujjat "banklararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, shuningdek, ikki davlat tadbirkorlik subʼyektlari oʻrtasida uzluksiz toʻlovlarni taʼminlashga" qaratilgan.

Rossiya tomonidan bitimni bosh vazirning birinchi oʻrinbosari - moliya vaziri Anton Siluanov, Turkiya tomonidan Gʻaznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak imzoladi.

Asosiy maqsad - Rossiya va Turkiya oʻrtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda rubl va liradan foydalanishga bosqichma bosqich oʻtish va buni koʻpaytirish, moliya bozorining tegishli infratuzilmasini yaratish va kompaniyalar uchun milliy valyutaning jozibadorligini oshirish Moliya vazirligining asosiy maqsadi edi.

Rossiya va Turkiya emitentlari likvidlik darajasini oshirish uchun ikki mamlakat bozorlarida qimmatli qogʻozlarini chiqarish vositalarini ishlab chiqadilar.

“Bitimning imzolanishi Rossiya va Turkiya oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli va teng huquqli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish uchun muhim qadamdir”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular