16:16 26 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Dunyoda
Havola olish
721 0 0

Afgʻoniston Gazni provintsiyasida kuchishlatar boʻlinmalari tomonidan “Tolibon” harakati razvedka boshligʻi qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Afgʻoniston kuchishlatar boʻlinmalari “Tolibon”* terrorchilik harakatining razvedka boshligʻini qoʻlga olishdi. Bu haqda RIA Novosti TOLOnews telekanaliga asosan xabar qildi.

Huquq-tartibot organlari maʼlumotiga koʻra, Gazni viloyatida maxsus amaliyot davomida Mulla Nuruddin ismli jangari ushlandi.

“Jangari bilan uning akasi ham qoʻlga olindi”, - deb qoʻshimcha qildi viloyat hokimlik matbuot kotibi Arif Nuri.

Afgʻonistonda hukumat kuchlari bilan “Tolibon” radikal harakati jangarilari oʻrtasida qarama-qarshilik davom etmoqda. Toliblar ilgari mamlakatning qishloq joylaridagi katta hududni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum uyushtirgan.

Afgʻoniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari mamlakat boʻylab aksilterror operatsiyalarini oʻtkazishni davom etmoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular