07:54 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53

Xayriya niqobi ostida ID* uchun pul jamlagan guruh qoʻlga olindi - video

TSOS FSB RF
Dunyoda
Havola olish
410 0 0

Rossiyada ID* tarafdorlari internet orqali xayriya maqsadlarni roʻkach qilib, 6 milliondan ortiq mablagʻ yigʻishgan va keyinchalik ushbu pullar Suriyaga joʻnatilgan.

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Rossiya FXX xodimlari Rossiyaning 9ta hududida faoliyat yuritgan “xayriya tashkiloti” faoliyatini fosh qildi. Ular goʻyoki xayriya maqsadda pul jamlab, “Imarat kavkaz” va “Islomiy davlat*” terrorchilik tashkilotlariga homiylik qilishgan.

Ushbu yashirin tashkilotga 100dan ortiq kishi aʼzo boʻlganligi va ular orasida 2005 yilda Shamil Basayev bataloni tarkibida Nalchikka hujum qilganlar ham borligi aniqlandi.

Maxsus xizmat xodimlari yashirin guruh aʼzolari Kabardin-Bolqor, Qorachoy-Cherkes, Ingushetiya, Tatariston, Krasnodar, Stavropol, Moskva, Sankt-Peterburg va Tyumen viloyatlarida faoliyat yuritganini aniqlashgan. Ular internet orqali  xayriya maqsadlarni roʻkach qilib, 6 milliondan ortiq mablagʻ yigʻishgan va ushbu pullarni Suriyada jang qilayotgan terrorchilarga joʻnatishgan.

Ushbu tashkilotni faoliyatida ishtirok etgan 25 yoshli erkak va 30 yoshli ayol kishi hibsga olingan. Ularning yonidan ekstremistik adabiyotlar, 10ta mobil telefon, 60ta bank kartasi va 6 ming dollar naqd pul va pul joʻnatmalari haqida hisobotlar topilgan.

Tergov ishlari davom etmoqda, guruhning barcha aʼzolari hozircha toʻliq aniqlangani yoʻq, deyilgan xabarda.

ID* - Islomiy davlat, Rossiyada taʼqiqlangan terrorchilik tashkiloti. 

Asosiy mavzular