06:53 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Zdaniye Kongressa SSHA (Kapitoliy) v Vashingtone.

AQSH senatorlari Turkiyaga qarshi sanktsiya kiritishni taklif qildi

© Sputnik / Eduard Pesov
Dunyoda
Havola olish
131 0 0

Turkiyaga harbiy yordam koʻrsatilishi, uning qurolli kuchlari uchun harbiy mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalar va materiallarni sotishni taqiqlash, turk armiyasi uchun oʻq-dorilar yetkazib berishni taqiqlash taklif qilingan.

TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. AQSH kongress senati aʼzolari Turkiya oliy rahbariyatiga qarshi sanktsiyalarni kiritishni taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Turkiya prezidenti Rejep Erdoʻgʻon, yuqori amaldorlarga qarshi viza cheklovlarini kiritish taklif etilgan. Shuningdek, Turkiya energetik sektoriga sanktsiya kiritish va harbiy hamkorlikni taqiqlash taklif etilgan. Senator Lindsi Grema Twitter hujjat loyihasini joylashtirdi.

“Quyidagi siyosiy yetakchilarga sanktsiyalar kiritish taklif etilmoqda: prezident, vitse-prezident, tashqi ishlar, moliya, savdo, energetika va tabiiy resurslar vazirlari”, — deyilgan hujjatda.

Turkiya  tomonidan Rossiyaning S-400 havo mudofaa tizimlarini sotib olishini AQSH raqiblariga qarshi qonuni buzilishi deb eʼlon qilish va bu bilan Anqaraga nisbatan avtomatik sanktsiyalar kiritish ilgari surilgan.

Bundan tashqari, Turkiyaga harbiy yordam koʻrsatilishi, xususan respublikaning qurolli kuchlari uchun harbiy mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalar va materiallarni sotishni taqiqlash, shuningdek, turk armiyasi uchun oʻq-dorilar yetkazib berishni taqiqlash taklif qilingan.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Turkiya Suriyaning shimolida harbiy operatsiyani boshladi. Turkiya yetakchisi bu amaliyot Kurdiston ishchi partiyasi va "Islom davlati"* uyushmasiga qarshi qaratilganligini eʼlon qildi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular