07:05 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Boyeviki Islamskogo gosudarstva Iraka i Levanta

AQSH harbiylari Suriyadan oʻta shafqatsiz jallodlarni olib ketdi

© Ethiopian press
Dunyoda
Havola olish
52100

AQSH harbiylari Suriyadan “Bitlz” jallodlar guruhi bilan tanilgan “Ishid” ikki jangarisini olib ketdi.

TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp amerika harbiylari Suriyadan “Bitlz” jallodlar guruhi bilan tanilgan “ISHID”* ikki jangarisini olib ketganligini tasdiqladi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Kurdlar yoki Turkiya nazoratni yoʻqotib qoʻygan taqdirda, AQSH allaqachon Suriyadagi eng shafqatsiz ikkita ISHID jangchisini mamlakatdan, AQSH nazoratidagi xavfsiz joyga olib chiqdi. Ular eng yomon!”, - deb yozgan Tramp Twitterda.

Bundan avval Washington post gazetasi Amerika harbiylari Suriyada 40 kishini hibsga olganini tasdiqladi. Ular IGning muhim jangarilari. Ular orasida ikkita britaniyalik ham bor. Ular “Bitlz” deb nom olgan toʻrtlik jangari guruhiga kirgan.

Aleksandr Kotey va El Shafi Elsheyx amerikalik va gʻarb davlatlaridan kelgan garovga olinganlarni qatl etishida ayblanmoqda. Qotilliklar videoga olingan.

Ilgari terrorchilar Suriyaning shimoliy-sharqidagi kichik qamoqxonalarda ushlab turilgan, ular suriyalik kurdlar nazorati ostida boʻlgan. Endi kurdlar turk armiyasiga qarshi turish maqsadida oʻz qoʻriqchilarini bu obʼyektlardan olib chiqmoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular