07:52 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
50701

Eron Tashqi ishlar vazirligi Turkiya harbiy amaliyotiga qarshi ekanligini bildirib, hujumlarni toʻxtatishni talab qildi.

TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Eron Tashqi ishlar vazirligi Turkiyadan oʻz qoʻshinlarini Suriyadan olib chiqishni va ushbu mamlakat hududida hujumlarni toʻxtatishni talab qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

“Eron Tashqi ishlar vazirligi Turkiyaning Suriya hududidagi harbiy amaliyotlaridan xavotirda ekanligini va gumanitar vaziyatning jiddiyligini va toʻqnashuvlar sodir boʻlgan hududda tinch aholiga xavf solayotganligini hisobga olib, zudlik bilan hujumlarni toʻxtatish va turk qoʻshinlarini Suriyadan olib chiqish zarurligini taʼkidlaydi”, - deyilgan Eron tashqi siyosat idorasi xabarida.

Tehron Turkiya harbiy harakatlari Suriyada keng koʻlamli moddiy va gumanitar zarar yetkazishi mumkiniligi va Anqara amaliyotiga qarshi ekanligini eslatdi.

Turkiya prezidenti Tayib Erdoʻgʻon 9 oktyabrda Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi va “Islom davlati” terrorchilik guruhiga qarshi “tinchlik bulogʻi” nomli harbiy amaliyot boshlanishini eʼlon qilgandi.

Turkiya aviatsiyasi shu kunning oʻzida Suriya Xaseka viloyatidagi Ras el-Ayn shahriga zarba berdi.

Asosiy mavzular