22:22 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Tesla kamerasi avtomobil yoniga chizib ketgan ayolni videoga oldi

© Motor1
Dunyoda
Havola olish
49020

Tesla avtomobili egasi, parkovkada avtomobil yoniga chizib ketgan kishining videosini Facebookda eʼlon qildi.

TOSHKENT, 10 okt - Sputnik. AQShning Kolorado shtatida maktab parkovkasida hech kimga xalal bermay turgan Tesla avtomobilining yon tomonida kimdir uzundan-uzoq chiziq qoldirib ketdi, deb xabar qilmoqda CBS telekanali.

Parkovkada qoldirib ketilgan avtomobilni biroz oʻtib zarar yetkazilgan holda topish holatlari tez-tez uchrab turadi. Odatda bunday jinoyatlarni fosh qilish juda qiyin, chunki parkovkada kameralar ancha uzoqda oʻrnatilgan boʻladi va zarar yetkazgan odam ularda yaxshi koʻrinmaydi.

Boshqa avtomobil boʻlganida gʻaraz niyatli kishi jazosiz qolishi mumkin edi, lekin shikastlangan Tesla avtomobili boʻlgani tufayli voqea davomi qiziq boʻldi. Har bir Tesla Model 3 atrofida 9ta kamera oʻrnatilgan. Aslida ushbu kameralar haydovchisiz boshqaruv rejimi - avtopilot uchun oʻrnatilgan. 

Chizib ketilgan avtomobil egasi, kameralardagi yozuvlarni oʻrganib chiqib ulardan birida bu ishni kimqilganini aniqladi. Oʻrta yoshli ayol mashina yoniga kalit bilan chizib ketgan edi.

Shundan soʻng Tesla egasi ushbu videoni oʻz feysbukiga chiqardi. Unda u birinchidan Elon Maskka kamera oʻrnatgani uchun rahmat aytgan. Ikkinchidan ushbu ayolni tanigan odamlarga murojaat qilgan.

Videolavha bir zumda keng tarqalib ketdi. Bir kun ichida uni 200 mingdan ortiq kishi tomosha qilgan. Tesla egasi uning avtomobili yonini chizib ketgan ayolni tez orada topishga umid qilmoqda.

Asosiy mavzular