09:19 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Britva

Bangladeshda erkak ovqatdan topilgan soch tufayli oʻz xotini sochini qirib tashladi

CC0 / Unsplash / Supply
Dunyoda
Havola olish
57611

Bangladeshlik erkakka ogʻir shikast yetkazilik yuzasidan ayblov eʼlon qilindi va u 14 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Bangladesh politsiyasi xotini sochini qirib tashlagan erkakni hibsga oldi. Bu haqda RIA Novosti globalpunjtv nashriga asosan xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, qishloq aholisi ayolga nisbatan zoʻravonlik haqida shikoyat bilan politsiyaga murojaat qilgan.

Politsiya boshligʻi Shariar Xan soʻzlariga koʻra, er turmush oʻrtogʻi tayyorlab bergan nonushtada sochni topadi.

“Uning jahli chiqdi, keyin piskani olib, majburan xotini sochini qirib tashladi”, - deydi politsiyachi.

Erkakka ogʻir shikast yetkazilik yuzasidan ayblov eʼlon qilindi va u 14 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Asosiy mavzular