09:00 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Turetskiy politseyskiy

Tramp Turkiyaga “kuchli zarba” bilan tahdid qildi

AFP / OZAN KOSE
Dunyoda
Havola olish
98710

AQSH prezidenti Donald Tramp Suriyadagi harbiy amaliyot uchun Turkiyaga “kuchli zarba” bilan tahdid qildi.

TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Vashington Anqaraning Suriyadagi harbiy harakatlarini diqqat bilan kuzatmoqda, agar Turkiya “qoidalar boʻyicha oʻynamasa” unga “kuchli zarba” berishga tayyor, deb aytdi AQSH prezidenti Donald Tramp. RIA Novosti xabariga asosan.

“Tinchlik bulogʻi”

Kuni kecha Turkiya prezidenti Rejeb Tayib Erdoʻgʻon Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi va “Islom davlati” terrorchilik guruhiga qarshi “tinchlik bulogʻi” nomli harbiy amaliyot boshlanishini eʼlon qilgandi.

Turkiya yetakchisi amaliyotning uchta maqsadni aytdi: janubiy chegarani terrorchilardan xalos qilish, Suriya hududiy yaxlitligini himoyalash va suriyalarni oʻz yurtiga qaytishini taʼminlash.

Anqaraning bu qadami ayrim qoʻshni davlatlar, shuningdek Yevropa ittifoqi  eʼtiroziga sabab boʻldi.

Oʻz navbatida Tramp AQSH Turkiyaning Suriyadagi amaliyotini maʼqullamaganligini va uni “yomon fikr” deb hisoblashini aytdi.

Turkiya mudofaa vazirligi soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, zarbalar natijasida kurdlarning 181 ta obʼyektiga ziyon yetkazildi. Suriyada 8 nafar tinch aholi halok boʻlgan va 20 nafar jarohatlangan.

Asosiy mavzular