16:26 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Rabota politsii Kazaxstana

Qozogʻistonda “Iyegova shohidlari” aʼzolari bachabozlikda gumonlanmoqda

IA "Novosti-Kazaxstan", Anatoliy Ustinenko
Dunyoda
Havola olish
297 0 0

Olma-otada huquq-tartibot organlari “Iyegova shohidlari” diniy tashkiloti ayrim aʼzolariga nisbatan pedofiliya ishi boʻyicha tergov tadbirlarini boshladi.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Olma-ota politsiyasi “Iyegova shohidlari”* diniy tashkilotining ayrim aʼzolari voyaga yetmagan shaxslarni jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar ehtimoliy aloqadorligi haqida maʼlumotlarni tekshirmoqda. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qildi.

Politsiya xodimlari 9 oktyabr kuni “Iyegova shohidlari” xizmat xonalari va ayrim tashkilot aʼzolari turar joylarida tergov tadbirlarini amalga oshirishdi.

16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish toʻgʻrisida fuqarolar arizalari surishtiruv harakatlari boshlanishiga asos boʻldi.

Jinoyat kodeksiga asosan bu jinoyat 10-15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini nazarda tutadi.

* Rossiyada taqiqlangan ekstremistik tashkilot

 

Asosiy mavzular