22:57 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Boyepripasы dlya minometa

Qozogʻistonda oʻq-dori portlash oqibatida harbiy xizmatchi halok boʻldi

© Sputnik / Maksim Blinov
Dunyoda
Havola olish
245 0 0

Qozogʻistonning Aris shahri yaqinida yuz bergan portlash oqibatida harbiy qism muhandislik xizmati boshligʻi mayor Akishev halok boʻldi.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Aris shahri yaqinidagi poligonda yigʻib olingan oʻq-dorilarni yoʻq qilish ishlari vaqtida harbiy xizmatchi halok boʻldi, deb xabar qildi Sputnik Qozogʻiston.

 “11 oktyabrda toʻplangan oʻq dorilarni yoʻq qilish vaqtida maxsus jihozlangan oʻquv poligonida oʻqlar barvaqt portlashi yuz berdi. Natijada guruh rahbari, harbiy qism muhandislik xizmati boshligʻi, mayor A.S.Akishev olgan jarohatlari tufayli halok boʻldi”, - deyilgan xabarda.

Voqea joyida tergov guruhi ishlamoqda. Bu holat yaqin atrofdagi aholi uchun xavf tugʻdirmaydi, vaziyat nazorat ostiga olingan.

Eslatib oʻtamiz, shu yil iyunida Qozogʻistonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yongʻin oqibatida oʻq-dorilar portlashi sodir boʻlgandi. Natijada 3 kishi halok boʻldi va 165 kishi jarohatlandi. Shahardan aholi evakuatsiya qilindi.

Asosiy mavzular