07:51 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
255 0 0

Yaponiyaning ayrim hududlariga “Xagibis” toʻfoni yopirilgan. Mie, Tokio, Sidzuoka, Tiba va Gumma shaharlarida evakuatsiya eʼlon qilingan.

TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. Yaponiyaning Mie, Tokio, Sidzuoka, Tiba va Gumma shaharlaridagi 50 ming kishiga evakuatsiya eʼlon qilingan, yana 4,2 million kishiga evakuatsiya qilish tavsiya qilingan. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

50 ming kishi olgan evakuatsiya haqidagi eʼlon yaqinlashib kelayotgan “Xagibis” toʻfoni juda kuchli ekani va hayot va sogʻliq uchun xavf tugʻdirishini anglatadi.

Yaponiyada 19-tartib raqami berilgan “Xagibis” toʻfoni arxipelagga janubiy-sharqdan harakat qilmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Yaponiyaning Tiba shahrida tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok boʻlgan, yana besh kishi esa jabr koʻrgan.

Asosiy mavzular