13:47 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

Rossiya dunyoda hech kimda yoʻq qurolni yaratdi – Putin

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Dunyoda
Havola olish
267740

Rossiya har qanday raketaga qarshi mudofaa tizimini yengib oʻtuvchi zarba komplekslarini ishlab chiqarmoqda.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiya har qanday raketaga qarshi mudofaa tizimini yengib oʻtuvchi zarba komplekslarini ishlab chiqarmoqda.

Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Arabic, Sky News va Al Arabiya telekanallariga bergan intervyusida maʼlum qildi.

“Biz buni qilamiz, bu hozir yaqqol koʻrinib turibdi, chunki raketaga qarshi mudofaa tizimlari ballistik trayektoriya boʻylab uchuvchi ballistik raketalarga qarshi ishlaydi. Biz esa ularni faqat qayta-qayta takomillashtiribgina qolmasdan, hozircha dunyoda hech kimda boʻlmagan boshqa qurolni yaratdik”, - deya Putin soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Vladimir Putin MDH Davlat rahbarlari kengashida Rossiya AQShning harakatlariga javoban oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketa yaratishini maʼlum qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular