07:54 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
24010

Dumada Xorijiy aktsiyadorlar ulushini cheklash haqida qonun muhokama qilingan kun Yandeks aktsiyalari narxi tushib ketdi.

TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Juma kuni “Yandeks” aktsiyalari 20%ga tushib ketdi. Xususan, Moskva fond birjasida bir kun ichida Yandeks aktsiyalari 18,4 %ga tushib ketgan va kun soʻnggida ularning qiymati bir aktsiyaga 1898 rublni tashkil qilgan. Interfaks xabariga asosan.

Xabarda aytilishiga koʻra, “Yandeks” aktsiyalari qiymatining bu qadar kesikin pastga shoʻngʻishiga  Rossiya Davlat dumasiga deputat Anton Gorelkin tomonidan yirik internet-manbaalari boshqaruvida xorijiy sarmoyalar ulushini 20%ga cheklab qoʻyish  haqidagi qonun loyihasi sabab boʻlgan.

Anton Gorelkin tashabbusiga koʻra, oʻz egasiga Rossiya hududida yashayotgan aholi haqida maʼlumot toʻplash, maʼlumotlarni qayta ishlash imkonini beradigan qanday internet sayt yoki tizim – Rossiya rivojlanishi uchun strategik muhim axborot manbai deb tan olinishi mumkin. Aynan shu sababli, bunday tizimning asosiy mulkdori Rossiya Federatsiyasiga tegishli boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlishi mumkin. Bunday tizimlarda xorijiy mulkdor aktsiyalari ulushi 20 %dan oshmasligi kerak.

Ushbu taklif Roskomnadzor va Federal Antomonopoliya xizmati tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Rossiya Aloqa vazirligi hamda “Yandeks” bosh direktori Yelena Bunina – taklifga qarshi boʻlishdi. Ularning fikriga koʻra ushbu chora sohaga xorijiy sarmoyalar kirib kelishini cheklashi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Yandeks auditoriyasi Rossiyaning barcha OAVlari auditoriyasidan keng. Rasman “Yandeks” taʼsischisi Niderlandda roʻyxatdan oʻtgan Yandex.N.V. kompaniyasi hisoblanadi. Yandeks kompaniyasining 15 % aktsiyalari kompaniya rahbariyatiga tegishli, 85 % - fond birjasida joylashtirilgan.

Yandeks ilk bor oʻz aktsiyalarini 2007 yilda Moskva fond birjasida joylashtirgan edi. Oʻtgan davr mobaynida kompaniya aktsiyalari ikki marotaba keskin pastga shoʻngʻigan: birinchi marta 2014 yilda – Ukrainadagi davlat toʻntarilishidan soʻng va ikkinchi marotaba 2018 yilda – Sberbank bilan birgalikda savdo maydonchasi tashkil qilinganidan soʻng.

Asosiy mavzular