Turk harbiylari 525 nafar kurd jangarisini zararsizlantirdi

© Sputnik / Str / Mediabankka o‘tishVoyennie v mashine na granitse Tursii i Sirii
Voyennie v mashine na granitse Tursii i Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya Mudofaa vazirligi Suriya shimolida harbiy amaliyot davomida 525 nafar kurdlarni zararsizlantirdi.

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Turkiya Mudofaa vazirligi Suriya shimolida harbiy amaliyot davomida 525 kurdlarni zararsizlantirdi.

Tureskie voyska v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Suriyadagi harbiy amaliyotda bir nafar turk askari halok bo‘ldi

Bundan avval Turkiya prezidenti Tayib Erdo‘g‘on “490 terrorchi” zararlantirilgani haqida aytgandi, xusuan 440 nafar o‘ldirildi, 24 nafar asirga olindi va 26 nafar jarohatlandi.

Turkiya yetakchisi 9-oktabrda Suriya shimolida Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi va “IShID”* terrorchilik uyushmasiga qarshi “Tinchlik bo‘log‘i” harbiy amaliyot boshlanishi haqida aytgandi.

Turkiya aviatsiyasi shu kunning o‘zida Ras al-Ayn shahriga zarba berdi.

Keyinchalik amaliyotning yer usti qismi boshlandi. Turkiya mudofaa vazirligi shanba kuni bergan ma’lumotiga ko‘ra, turk harbiylari va Suriya quroli muxolifat kuchlari Ras al-Ayn shahrini, yakshanba kuni Tell-Abad shahri nazorat ostiga olinganini xabar berdi.  

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0