23:22 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
503 0 0

Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻonning soʻzlariga koʻra, Turkiya terrorchilik tashkiloti tahdidiga duch keldi, NATO mamlakatga esa zarur koʻmak bermayapti.

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon NATO uning mamlakatiga zarur koʻmak bermayotganligini aytib, alyansga Anqara yoki terrorchilarni tanlashni taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Biz NATO aʼzolari, beshinchi modda bor (nizom, bu alyansning aʼzolardan biriga hujum qilinganda barcha aʼzolardan javob qaytarishni nazarda tutadi) biz terrorchilik tashkiloti tahdidiga duch keldik. Beshinchi moddaga asosan NATO biz bilan boʻlishi kerak. Sizlar biz bilan yoki terroristlar bilan? Ular aniq javob bermayapti”, - deb taʼkidladi Turkiya yetakchisi jurnalistlarga.  

Uning soʻzlariga koʻra, roʻy berayotgan voqealar Turkiya NATOdagi yagona musulmon mamlakat ekanligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Erdoʻgʻon telefon orqali suhbatlashgan Germaniya kantsleri Angela Merkel va Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson "yolgʻon maʼlumotlarning jiddiy bosimi ostida" ekanligini aytdi.

“Tinchlik boʻlogʻi”

Turkiya yetakchisi 9 oktyabrda Suriya shimolida Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi va “ISHID”* terrorchilik uyushmasiga qarshi “Tinchlik boʻlogʻi” harbiy amaliyot boshlanishi haqida aytgandi.

Turkiya aviatsiyasi shu kunning oʻzida Ras al-Ayn shahriga zarba berdi.

Keyinchalik amaliyotning yer usti qismi boshlandi. Turkiya mudofaa vazirligi shanba kuni bergan maʼlumotiga koʻra, turk harbiylari va Suriya quroli muxolifat kuchlari Ras al-Ayn shahrini, yakshanba kuni Tell-Abyad shahri nazorat ostiga olinganini xabar berdi.  

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular