23:35 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
901 0 0

Rossiya va Saudiya Arabistoni oʻrtasida yuqori darajadagi strategik hamkorlik dasturi doirasida ikki mamlakat energetika vazirliklari oʻrtasida energiya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma imzolandi.

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Ar-Riyozda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning uchrashuvi oʻtkazildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Tomonlar yigirmadan ortiq hujjat imzoladi. Ular orasida neft qazib oluvchi mamlakatlarning uzoq muddatli hamkorligi toʻgʻrisidagi bitim, Roskosmos va Saudiya kosmik komissiyasi oʻrtasida kosmonavtika va GLONASS global navigatsion sunʼiy yoʻldosh tizimini moliyalashtirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonot imzolandi.

Bundan tashqari, Rossiya va Saudiya Arabistoni oʻrtasida strategik hamkorlik dasturi doirasida ikki mamlakat energetika vazirliklari oʻrtasida energiya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma imzolandi.

Moskva va Ar-Riyoz ikki davlat fuqarolariga viza berishni soddalashtirish toʻgʻrisida memorandumni imzoladi.

Shuningdek, tomonlar madaniyat va sogʻliqni saqlash sohalarida anglashuv memorandumlarini imzoladi.

Asosiy mavzular