Qiyomat kuni tobora yaqinlashmoqda - BMT bosh kotibi o‘rinbosari

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRaketniy kompleks "Iskander-M" na seremonii otkritiya Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma "ARMIYa-2016" vo Vladivostoke
Raketniy kompleks Iskander-M na seremonii otkritiya Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma ARMIYa-2016 vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Analitika bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab tashkilotlar, qurollanish ustidan nazorat qiluvchi ekspertlar tobora o‘sib borayotgan yadroviy qarama-qarshilik xatarlari haqida gapirishmoqda. Barchaga ma’lum "Qiyomat kuni" soatlari yana ikki daqiqasi kam o‘n ikkiga qaytarildi

TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Yadro urushi xatarlari oshmoqda, dunyodagi vaziyat tobora xavfli tus olmoqda, buning ko‘pgina sabablari mavjud, jumladan, mamlakatlar o‘rtasida ishonch yetishmasligi, muloqot tanqisligi, ilm-fan va yangi texnologiyalarning shiddat ila rivojlanishi, deya bayonot qildi BMT bosh kotibining qurolsizlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Idzumi Nakamitsu. Bu haqda RIA Novosti "Kommersant" nashriga tayanib xabar qilmoqda.

Atomniy vzriv - Sputnik O‘zbekiston
Akademik yadro urushi qanday boshlanishi mumkinligini aytdi

"Analitika bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab tashkilotlar, qurollanish ustidan nazorat qiluvchi ekspertlar tobora o‘sib borayotgan yadroviy qarama-qarshilik xatarlari haqida gapirishmoqda. Barchaga ma’lum "Qiyomat kuni" soatlari yana ikki daqiqasi kam o‘n ikkiga qaytarildi. Vaziyat tag‘in o‘ta xavfli tus olayotganini anglatuvchi jiddiy xatarlar mavjud. Va men buning turli sabablarini ko‘rmoqdaman", - dedi Nakamitsu. Uning so‘zlariga ko‘ra, "taassufki, davlatlar, xususan, yadroviy derjavalar o‘rtasidagi ishonchga jiddiy putur yetgan".

"Shu bilan birga, muloqot yetishmasligini ham qayd etmoq lozim. Ko‘rinib turibdiki, yetakchi derjavalar harbiy imkoniyatlarni diplomatiya, muzokaralar hamda muloqotdan ko‘ra ko‘proq qadrlamoqdalar", - deya ishora qildi BMT bosh kotibi o‘rinbosari.

Ayol so‘zlariga ko‘ra, xalqaro munosabatlarning umumiy yomonlashuvi kuzatilmoqda va xuddi shu narsa o‘tkir ritorikaga sabab bo‘lmoqda. "Bizning ko‘z o‘ngimizda tasalli bermaydigan holat rivojlanmoqda", - dedi Nakamitsu.

Bundan tashqari, ayol "ilm-fan va yangi texnologiyalarning shiddat bilan taraqqiy etayotganiga" ishora qilgan. "Biz bu holat yadro sohasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniq bilmaymiz, lekin ko‘pchilik kibermakonda zararli faoliyat oqibatlari qanday bo‘lishi, sun’iy ongdan foydalangan holda qurol, gipertovushli qurol va oddiy qurol-aslahalardan foydalanish strategik oqibatlarga olib kelishi mumkin mumkinligi haqida yaxshiroq anglash lozimligi to‘g‘risida gapirishni boshlamoqda", - deya tushuntirdi BMT bosh kotibi o‘rinbosari.

Yangiliklar lentasi
0