Shimoliy Koreya yetakchisi chopqir otda muqaddas toqqa chiqdi va AQShni tanqid qildi

© REUTERS / KCNA KCNAKim Chen In na belom kone
Kim Chen In na belom kone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya yetakchisi ilgari mamlakat rahbari lavozimidagi eng og‘ir vaziyatlarda Pektusan tog‘iga ko‘tarilgan. Masalan, amakisining qatl qilishdan oldin.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. KXDR yetakchisi Kim Chen In navbatdagi safar koreyaliklar uchun muqaddas bo‘lgan Pektusan tog‘iga ko‘tarildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Donald Tramp i Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Tramp va Kim Chen In Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasida uchrashishdi

Bu safar u “oq otda chiqdi va Pektu tog‘ida birinchi qorni qarshi oldi”.

Shuningdek, Kim Chen In AQSh sanksiya siyosatini tanqid qildi.

“Uzoq davom etayotgan sanksiyalar va dushman kuchlarning bizni siqib chiqarishga urinishlari tufayli mamlakatimizda vaziyat o‘ta og‘ir, biz ko‘plab qiyinchilik va sinovlarga duch kelmoqdamiz ... Respublikamizga qarshi bo‘lgan AQSh boshchiligidagi dushman kuchlar tomonidan xalqimizga yetkazilgan azob-uqubatlar xalqimizning g‘azabiga aylanib bormoqda”, - degan KXDR davlat kengashi raisi so‘zlarini keltiradi STAK axborot agenligi.

Shimoliy Koreya rahbari so‘zlariga ko‘ra, dushmanlarning rejalarini yo‘q qilish uchun, o‘ziga ishonish kerak, "o‘z kuchi bilan oldinga qadam tashlab, yaxshi yashashni davom ettirish" lozim.

Janubiy Koreyaning Ronxap agentligi bu masalada yozishicha, Kim Chen In  tog‘iga odatda mamlakat yoki o‘zi uchun muhim pallalarda Pektusan tog‘iga ko‘tarilgan: 2013-yil fevral oyida amakisi Chan Son Tayek qatl qilinishidan oldin, 2014-yil noyabr oyida otasining vafoti uchinchi yilligi arafasida, 2017-yil dekabr oyida Janubiy Koreya bilan munosabatlarni o‘rnatish arafasida.

Shimoliy Koreyada Samjiyonga sayohatlar - "yaponlarga qarshi inqilobiy faoliyatning muqaddas joyi" deb hisoblanadi, shuningdek, ichki birlikni mustahkamlash uchun AQSh bilan muzokaralar olib borish qiyin bo‘lgan paytlarda amalga oshirilgan.

Shu sababli, yaqin kelajakda KXDR rahbariyati yadrosizlanish va boshqa davlat boshqaruviga oid muzokaralar bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilinadi deb taxmin qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0