06:53 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
24120

Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, inson kuniga besh-olti marta ovqatlanishi kerak va ovqatlanish orasidagi tanaffus uch soatdan oshmasligi kerak.

TOSHKENT, 16 okt – Sputnik. Federal ovqatlanish va biotexnologiya tadqiqot markazi ekspertlari ish paytida toʻgʻri ovqatlanish kerakligi xususida tavsiyalar berishdi. RT xabariga asosan.

Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, inson kuniga besh-olti marta ovqatlanishi kerak va ovqatlanish orasidagi tanaffus uch soatdan oshmasligi kerak.

Uzoq vaqt oraliqda oshqozon devorlari qisqaradi va "ochlik ogʻriqlari" paydo boʻladi, shuningdek, shilliq qavatni bezovta qiladigan xlorid kislota ishlab chiqariladi.

Markaz mutaxassislari tushlikni oʻtkazib yubormaslikni maslahat berishdi. Shu bilan birga, ular shoʻr ovqatni isteʼmol qilinganda oyoqlarda shish paydo boʻlishi, juda yogʻli ovqat  esa – ortiqcha vazn paydo boʻlishiga olib kelishi mumkinligini taʼkidladi.

Mutaxassislar oz miqdorda meva, sabzavot, yongʻoq va achchiq shokoladni isteʼmol qilish ish paytda eng yaxshi qisqa ovqatlanish deb atashdi.

Asosiy mavzular