Erdog‘an g‘arb davlatlarini munofiqlikda aybladi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
NATO davlatlariga murojaat qilyapman: QIP va YPG qachon NATO a’zolariga aylanishga ulgurdi, nega men bundan bexabarman? Nega NATO mamlakatlari YPG ni qo‘llab-quvvatlamoqda? Men sizlarni bizga qarshi emas, biz bilan bo‘lishga chorlayman", - dedi Turkiya prezidenti.

TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Turkiya prezidenti Tayip Erdog‘an Suriyada turklar tomonidan o‘tkazilgan operatsiyani tanqid qilishgani uchun g‘arb davlatlarini munofiqlikda aybladi va Qurdiston Ishchi partiyasi (QIP) hamda RFda ta’qiqlangan "ID" terroristik uyushmasini Turkiya g‘animlari "loyihalari" deb atadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Tureskiy voyenniy konvoyv Kilise, nedaleko ot turesko-siriyskoy granisi - Sputnik O‘zbekiston
Eron turk qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni talab qildi

Turklar qurdlarga qarshi: Suriya shimoli-sharqida harbiy operatsiya boshlanishi >>>

"Bizning ittifoqdoshlarimiz oldingizda bir narsa, ortingizda boshqa narsani gapirishadi… QIP – bu loyiha. Bizning ittifoqdoshlarimiz biz emas, balki YPG (suriya qurdlarining o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari) bilan harakat qilishni ma’qul ko‘rishdi. Bizni bu operatsiya uchun tanqid qilishmoqda va hatto bizdan uni to‘xtatishni talab qilishmoqda. Ammo 900 ta snaradlar (YPG tomonidan) shaharlarimizga kelib tushdi, bizning 20 nafar fuqarolarimiz halok bo‘lishdi, 70 nafari jarohatlandi. Lekin (g‘arb davlatlaridan) hech kim bizga qo‘ng‘iroq qilmadi. Ularga ishonish mumkin emas", - dedi Erdog‘an hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining parlament franksiyasi yig‘ilishidagi chiqishida.

"ID" arqondagi qo‘g‘irchoq singari boshqarilmoqda, uning maqsadi mintaqamizda tartibsizlikni yuzaga keltirishdir. IDni boshqarayotgan davlatlar bugun o‘zlarini go‘yoki unga qarshidek tutishmoqda. Muammo "ID"da va hatto QIPda emas, bor muammo bizning mintaqamizga qarshi reja-loyiha borligida", - deb qo‘shimcha qildi turk yetakchisi.

Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on NATOga Turkiya yoki terrorchilarni tanlashni taklif qildi

U yana bir bor AQShni suriya qurdlari o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlariga qurol-aslahalarni yetkazib berishda aybladi. "AQSh Iroq orqali ularga qurol ortilgan 30 ming yuk mashinalarini yetkazib berdi. Yevropa ham ularni qo‘llab turibdi. Terrorchilar 90 kilometr uzunlikka teng tunellarni qurgan. Ular sementni qayerdan olmoqda? Uni fransuz kompaniyasi yetkazib berapti. Siz buni qanday izohlaysiz? Ular buni yashira olmaydi, hammasi ravshan. Lekin ular buning uchun javob berishga majbur bo‘ladi", - dedi Erdog‘an.

"NATO davlatlariga murojaat qilyapman: QIP va YPG qachon NATO a’zolariga aylanishga ulgurdi, nega men bundan bexabarman? Nega NATO mamlakatlari YPGni qo‘llab-quvvatlamoqda? Men sizlarni bizga qarshi emas, biz bilan bo‘lishga chorlayman", - deb qo‘shimcha qildi Turkiya prezidenti.

Tramp Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi >>>

Erdog‘an 9-oktabr kuni Suriya shimolida Turkiyada ta’qiqlangan Qurdiston Ishchi partiyasi va "islom davlati" terroristik uyushmasiga qarshi "Tinchlik manbai" operatsiyasi boshlanganini e’lon qilgan edi. Turk aviatsiyasi shu kunning o‘zida Ras al-Ayn shahri va ikki davlat chegarasidagi qator Suriya shaharlari bo‘ylab zarbalarni amalga oshirdi. Sal keyin operatsiyaning yer ustidagi qismi boshlangani e’lon qilindi. Dunyo hamjamiyati Anqara harakatlarini qoraladi.

Yangiliklar lentasi
0