13:57 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Kolyuchaya provoloka. Vengriya perekrыla lazeyku v Yevropu dlya bejentsev

Yevropa Ittifoqi migratsiyani toʻxtatishga ojizligini tan oldi

© Ruptly .
Dunyoda
Havola olish
249 0 0

Chorshanba kuni tarqatilgan dokladda "yaqin yillarda migratsiya siyosiy kun tartibida muhim oʻrin egallashi tufayli" chegara nazoratini kuchaytirish boʻyicha ishlarni davom ettirish zarurligi taʼkidlangan

TOSHKENT, 16 okt – Sputnik. Migratsiya masalalari boʻyicha yevrokomissar Dimitris Avramopulos chorshanba kuni YEI migratsiya oqimini toʻxtatish masalasini emas, balki bunday oqimni qanday boshqarish haqida qaygʻurayotganini aytdi.

YEKda oʻtkazilgan brifingda chiqishida yevrokomissar oʻz egallab turgan lavozimidagi besh yillik faoliyatiga qisqacha yakun yasadi hamda ushbu yillar davomida amalga oshirilgan ishlar YEKni migratsiya sohasida oldinda turgan chaqiriqlarga yaxshiroq tayyorlash imkonini berganini aytdi.

Avramopulosning soʻzlariga koʻra, Suriya shimoli-sharqidagi hodisalar "biz hamisha tayyor turishimiz kerakligini" koʻrsatmoqda. U shuningdek, migratsiya sohasidagi choralar ustida ishlash yakuniga yetmaganini, "u koʻp kuch va vaqt talab qilishini" qoʻshimcha qildi.

"Lekin biz rostgoʻy boʻlmogʻimiz kerak: migratsiya masalasi kelajakda ham boʻladi, hech qachon uni qanday toʻxtatish mumkin, deb yondashilmaydi, uni qanday yaxshiroq boshqarish yechimi ustida fikr yuritiladi", - dedi u.

YEK maʼlumotlariga koʻra, YEI chegaralarini noqonuniy kesib oʻtish koʻrsatkichi 2018 yilda 150 minggacha qisqargan, bu besh yil davomidagi eng past koʻrsatkichdir. YEK ushbu natijaga 2016 yilda YEI-Turkiya oʻrtasida qochoqlarga Turkiya hududida yordam berish bitimi tufayli erishdi.

Chorshanba kuni tarqatilgan dokladda "yaqin yillarda migratsiya siyosiy kun tartibida muhim oʻrin egallashi tufayli" chegara nazoratini kuchaytirish boʻyicha ishlarni davom ettirish zarurligi taʼkidlangan.

Asosiy mavzular