14:41 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Zdaniye Kongressa SSHA (Kapitoliy) v Vashingtone.

Pens va Pompeo Suriyadagi inqirozni muhokama qilish uchun Anqaraga uchdi

© Sputnik / Eduard Pesov
Dunyoda
Havola olish
168 0 0

Turkiya prezidenti Rajab Tayip Erdogʻan sal oldin Pens bilan uchrashishdan bosh tortgan edi, shu bois vitse-prezident va davlat kotibini qabul qilishi hozircha nomaʼlum

TOSHKENT, 17 okt - Sputnik. AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens va davlat kotibi Mayk Pompeo Suriyadagi inqirozni muhokama qilish uchun Anqaraga uchdilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda aytilishicha, vitse-prezident va davlat kotibi Vashington yaqinidagi Endryus harbiy-havo bazasiga bitta vertolyotda soat taxminan 18.00larda uchib kelishgan. Shu bilan birga vitse-prezident va davlat kotibi bazadan boshqa-boshqa samolyotlarda uchib ketishgan. Ular taxminan 12 soatdan soʻng Anqaraga qoʻnadilar.

AQSH Turkiya bilan Anqaraning qurdlarga qarshi oʻtkazayotgan harbiy operatsiyasi masalalarini muhokama qilishni rejalashtirgan. Turkiya prezidenti Rajab Tayip Erdogʻan sal oldin Pens bilan uchrashishdan bosh tortgan edi, shu bois vitse-prezident va davlat kotibini qabul qilishi hozircha nomaʼlum.

Erdogʻan 9 oktyabr kuni Suriya shimolida Turkiyada taʼqiqlangan Qurdiston Ishchi partiyasi hamda "Islom davlati" terroristik uyushmasiga qarshi "Tinchlik manbai" deb nomlangan operatsiya boshlanganini eʼlon qilgan edi. Turk aviatsiyasi shu kunning oʻzida ikki davlat chegarasidagi Ras al-Ayn shahri va boshqa qator shaharlar boʻylab zarba berdi. Sal keyin operatsiyaning yer ustidagi qismi boshlangani eʼlon qilindi. Shu bilan birga, "ID"ga qarshi kurash masalalarida suriya qurdlarini mintaqadagi eng muhim ittifoqdoshlardan biri sifatida koʻradigan AQSH Suriya shimoli-sharqidan oʻz qoʻshinlarini chiqarish qarorini qabul qilgan edi.

Tramp Turkiya boshlagan operatsiyaga javoban Suriya shimoli-sharqidagi vaziyat tufayli Anqaraga nisbatan sanktsiya kiritish haqida farmonni imzoladi. Hozircha sanktsiya roʻyxatidan Turkiya Mudofaa va energetika vazirliklari, shuningdek, ushbu vazirliklar rahbarlari hamda Turkiyadagi hukmron adolat va taraqqiyot partiyasi raisi oʻrinbosari oʻrin olgan.

Asosiy mavzular