13:44 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
V Velikobritanii proydet referendum po voprosu vыxoda iz YES

Boris Jonson Yevropadan "ogʻriqsiz ajralish" yoʻlini topdi

© Sputnik / Aleks Maknoton
Dunyoda
Havola olish
310 0 0

Britaniya parlamenti bir yildan beri hal qila olmagan masala vanihoyat hal boʻldi - Yevropa Ittifoqi va London Brexit boʻyicha yangi kelishuvga erishdi.

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. Yevroittifoq va Britaniya Brexit shartnomasi boʻyicha yangi kelishuvga erishishdi, deb xabar qildi Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker oʻz Tvitterida, RIA Novosti xabariga asosan.

“Istak boʻlsa, shartnoma ham boʻladi. Yangi kelishuv adolatli boʻlib, unda ikkala tomon manfaatlarini ham hisobga olingan. Men sammitdan ushbu shartlarni qabul qilishni soʻrayman”, - deb yozgan Yunker kelishuv haqida.

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham oʻz navbatida ushbu kelishuvni qoʻllab-quvvatladi va oʻz mamalakati parlamentidan uni qabul qilishni soʻradi.

“Biz ajoyib yangi kelishuvga erishdik. Shanba kuni parlament Brexitni tasdiqlashi kerak, shundan soʻng boshqa muhim masalalar bilan shugʻullanamiz. Masalan – hayot qimmatligi, sogʻliqni saqlash tizimi, jinoyatchilik va ekologiya”, - dedi Jonson.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil kuzda oʻtkazilgan referendumda Britaniya aholisi Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun ovoz bergan edi. Ushbu yilning 31 oktyabr kuni Britaniya YEIni tark etishi kerak. Shu vaqtga qadar Britaniya parlamenti YEIdan chiqish haqidagi shartnomani tasdiqlamayotgan edi. Shartnomadagi asosiy muammomlardan biri bu – Irlandiya chegarasi va Britaniya toʻlashi kerak boʻlgan kompensatsiya masalasi edi.

Asosiy mavzular