05:57 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Turetskiy voyennыy konvoyv Kilise, nedaleko ot turetsko-siriyskoy granitsы

Turkiya kurdlarni taqiqlangan quroldan foydalanganlikda aybladi

© REUTERS / STRINGER
Dunyoda
Havola olish
385 0 0

Suriyadagi kurdlar muxtor maʼmuriyati matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, Turkiya qurolli kuchlari mamlakat shimolida harbiy operatsiya paytida taqiqlangan oq fosfor va napalmdan foydalandi.

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. Turkiya qurolli kuchlari taqiqlangan va kimiyoviy qurolga ega emas, biroq Anqarada Suriyada kurdlar provokatsiya maqsadida bunday quroldan foydalanayotgani haqida maʼlumot mavjud. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi rahbari Hulusi Akar xabar qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Avvalroq Suriyadagi kurdlar muxtor maʼmuriyati matbuot xizmati Turkiya qurolli kuchlari mamlakat shimolida harbiy operatsiya paytida taqiqlangan oq fosfor va napalmdan foydalangani haqida xabar qildi.

"Arsenalimizda kimyoviy va taqiqlangan qurol yoʻq. Biroq bizda terrorchilik tashkilot bunday quroldan foydalanayotgani haqida maʼlumot bor, aybni esa bizga agʻdarishga harakat qilishmoqda, yolgʻon xabarlar bilan Turkiyaga soya solishmoqchi", - deb Akarning soʻzlarini keltiradi NTV kanali.

Turkiya prezidenti Tayyip Erdogʻan 9 oktyabrda Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi va "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi "Tinchlik bulogʻi" operatsiyasi boshlanishi haqida eʼlon qilgandi.

Turkiya aviatsiyasi shu kunning oʻzida Ras el-Ayn shahri va Suriyaning boshqa shaharlariga zarba berdi.

Keyinchalik amaliyotning yerdagi qismi boshlandi.

Shanba kuni Turkiya Mudofaa vazirligi turk harbiy kuchlari va Suriya qurolli muxolifati Ras al-Aynni va Tell Abyad shahrlarini nazoratga oliganini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular