01:00 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Flagi USA i UE w Brukseli

AQSH Yevropa ittifoqiga qarshi yangi bojlarni joriy etdi

© AP Photo / Virginia Mayo
Dunyoda
Havola olish
169 0 0

AQSH Yevropa ittifoqida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik va sanoat mahsulotlariga 25 foiz va havo kemalarga 10 foizlik bojlarni joriy etmoqda.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. AQSH juma kuni Yevropa ittifoqida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik va sanoat mahsulotlariga 25 foiz va havo kemalarga 10 foizlik bojlarni joriy etmoqda.  

Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet
© Flickr / Official U.S. Navy Page

Qaror Jahon Savdo Tashkilotining (JST) nizolarni hal qilish idorasi (ODS) qaroriga asosan 2004 yildagi AQSH sud daʼvosiga binoan qabul qilingan.

Oktyabr boshida JST hakamlari nihoyat AQShga qoʻshimcha bojlar belgilanishi mumkin boʻlgan tovarlar hajmini tasdiqladi.

AQShning Yevropa Ittifoqi Airbus'ga bergan subsiyadiyalar tufayli yetkazgan zararini qoplash doirasida AQSH tomoni yiliga 7,496 milliard dollardan oshmaydigan miqdorda YEIga qarshi javob choralarini koʻrishi mumkin, deyiladi tashkilot bayonotida.

AQShning Savdo vakili Robert Laytxayzer ushbu majburiyatlarni - samolyotlarga 10% va Yevropa Ittifoqining qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlari uchun 25% joriy qilishni qatʼiy niyati borligini aytgandi.

Savdo vakili qaror 18 oktyabrdan kuchga kirishini aytdi. AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Amerika Yevropa Ittifoqidan sharob va pishloqga bojlarni joriy qilishi mumkinligini aytdi.

Asosiy mavzular