13:49 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Siluet voorujyonnogo boyevika

Afgʻon-tojik chegarasida 8 mingga yaqin jangari toʻplandi - ekspert

AMER ALMOHIBANY / AFP
Dunyoda
Havola olish
248920

MDH davlatlari chegara qoʻshinlari qoʻmondonlar kengashi muvofiqlashtirish xizmati raisining soʻzlariga koʻra, jangarilarning aksariyati “Kavkaz hududlari, Afrika qitʼasidan kelgan – turli millat vakillari”.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Tojikiston va Afgʻoniston chegarasi yaqinida sakkiz mingga yaqin toliblar* va “Islom davlati”** tashkilotlariga aʼzo boʻlgan jangarilar joylashgan. Bu haqda MDH davlatlari chegara qoʻshinlari qoʻmondonlar kengashi muvofiqlashtirish xizmati raisi Aleksandr Manilov maʼlum qildi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

“Chegara idoralari rahbarlari baholashicha, eng qiyin vaziyat hozir tojik-afgʻon chegarasida yuzaga kelgan. Yaqinda u erga koʻp sonli jangarilar – toliblar va "Islom davlati" vakillari kelishdi. Bugungi kunda, bizning hisob-kitoblarga koʻra, u yerda sakkiz mingga yaqin jangari toʻplangan, ular jangovar joylardan - Suriya, Iroq va boshqa hududlardan kelganlar”, - dedi Manilov.

Taʼkidlanishicha, jangarilarning aksariyati “Kavkaz, afrika mintaqasi kelgan – turli millat vakillari”ni tashkil qiladi.

Shu munosabat bilan xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaror qilindi. Xususan, Manilov taʼkidlashicha, chegara idoralariga chegara xavfsizligini mustahkamlash boʻyicha 2020-2025 yillarga moʻljallangan dastur taqdim etilgan. Bundan tashqari, keyingi yilda yana bir navbatdan tashqari qoʻmondonlik mashqlari rejalashtirilgan. Mashqlar Rossiya hududida oʻtkaziladi.

Ilgariroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov zamonaviy tahdidlarga javob berishni izlashni qiyinlashtiradigan "baʼzi davlatlar tomonidan qoʻllaniladigan ikki tomonlama standartlar" tufayli Afgʻoniston shimoli ISHID yetakchilari boshchiligida terrorchilar uchun tayanch nuqtasi boʻlishi mumkinligini taʼkidlagan edi.

* Toliblar – “Tolibon” radikal harakatining aʼzolari. Rossiya va qator boshqa davlatlarda terrorchilik tashkilot deb topilgan, uning faoliyati taqiqlangan.

** “Islom davlati” (ISHID, ID) – Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Asosiy mavzular