01:07 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
152310

Kruger milliy bogʻida (Afrika) timsoh va qoplonning shiddatli jangini videoga olindi. Holatni Alberto Skattolin tasvirga oldi.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda timsoh va qoplonning yegulik uchun qizgʻin kurashi aks etgan video ommalashmoqda.

Bir necha kun oldin Kruger milliy bogʻida (Janubiy Afrika) timsoh va qoplonning shiddatli jangini videoga olindi.

Videoning muallifi, yovvoyi tabiatni suratga olish uchun bogʻda aylanib yurgan 54 yoshli gid Alberto Skattolin.

Hammasi qoplon hovuz boʻyida sekin yurishdan boshlanadi. Bir necha soniyadan soʻng, yirtqich suvda oʻlik antilopaning tanasi borligini sezadi.

Qoplon avval toʻxtab, asta-sekin yegulikni olish maqsadida yaqinlasha boshlagan.

Katta timsoh qoplonni oʻljaga yaqinlashishga qoʻymaydi.

Asosiy mavzular