01:02 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Yunker o reaktsii Erdogana na satiricheskiy stix v yego adres

Yunker oʻzi uchun eng soʻnggi YEI sammitida yigʻlab yubordi

© Ruptly .
Dunyoda
Havola olish
35210

"Umrimning soʻnggi kuniga qadar Yevropaga xizmat qila olganim uchun faxr tuygʻusi bilan yashayman", - dedi YEK rahbari. Yunkerning ovozi titroqdan boʻlindi. Soʻngra koʻzlarida yosh qalqdi

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Joriy kuz mavsumida vakolati muddati nihoyasiga yetayotgan Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker oʻzi uchun oxirgi boʻlgan YEI sammiti matbuot-anjumani yakunida hissiyotlarini jilovlay olmay, yigʻlab yubordi.

​"Bu men uchun oxirgi Yevropa sammiti edi", - dedi u va jurnalistlarga YEK rahbari lavozimida besh yillik faoliyatini yoritganlari uchun minnatdorlik bildidi. U shu yillar davomida sal kam 150ta sammitlarda ishtirok etganini taʼkidladi.

"Umrimning soʻnggi kuniga qadar Yevropaga xizmat qila olganim uchun faxr tuygʻusi bilan yashayman", - dedi YEK rahbari. Yunkerning ovozi titroqdan boʻlindi. Soʻngra koʻzlarida yosh qalqdi.

Zalda jimjitlik hukm surardi. Shunda jurnalistlar Yunkerni olqishlay boshladilar.

Asosiy mavzular