20:42 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Samolet  v nebe

Yoʻlovchi laynerining eng uzoq parvozi rekordi yangilandi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Dunyoda
Havola olish
303 0 0

Nyu-Yorkdan Sidneyga uchgan samolyoti 19 soat 14 daqiqa toʻxtovsiz parvozda boʻlib 16 309 km masofani bosib oʻtdi.

TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi eng uzoq parvoz rekordini oʻrnatdi, bu haqida RIA Novosti  FlightAware maʼlumotiga asosan xabar qilmoqda. 

Nyu-Yorkdan Sidneyga uchgan Boeing 787-9 samolyoti 19 soat 14 daqiqa toʻxtovsiz parvozda boʻlib 16 309 km masofani bosib oʻtgan. Samolyot manzilga belgilangan vaqtdan 37 daqiqa kechikib yetib kelgan.

Eslatib oʻtamiz, bundan oldingi eng uzoq uchgan aviaqatnov rekordi Nyu Arkdan Singapurga parvoz qilgan samolyotgan tegishli edi.U havoda 18 soatu 50 daqiqa boʻlib 15 345 km masofa uchib oʻtgan.

Insoniyat tarixidagi mutlaq eng uzoq parvoz rekordi 1986 yilda Voyager nomli uchish qurilmasi tomonidan oʻrnatilgan. U 9 kunu 3 daqiqa 44 soniya davomida uzuluksiz parvoz qilib 40 ming km dan uzoq masofa bosib oʻtgan.

Asosiy mavzular